DATA ENGINEER (MIDDLE+)
NewBe an early applicantЗарплата: от 12000000 UZS (на руки)
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi huzuridagi “DigitStat — Raqamli statistika markazi” MCHJ jamoasi katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, zamonaviy ma’lumotlar infratuzilmasini yaratish va Data Engineering yechimlarini rivojlantirishga tayyor bo‘lgan malakali mutaxassisni Data Engineer (Middle+) lavozimiga taklif etadi.
DigitStat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, milliy statistika tizimini raqamlashtirish bo‘yicha yagona integrator hisoblanadi.
Agar siz ma’lumotlar omborlarini noldan qurish, murakkab ETL/ELT jarayonlarini avtomatlashtirish, katta hajmdagi ma’lumotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda davlat miqyosidagi raqamli mahsulotlarni yaratishda ishtirok etishni istasangiz — ushbu vakansiya aynan siz uchun!
Lavozim majburiyatlari:
- Markazning markaziy ma’lumotlar omborini (DWH) ko‘p qatlamli arxitektura asosida loyihalash, yaratish va rivojlantirish: xom ma’lumotlar → tozalangan ma’lumotlar → mahsulotlar uchun ma’lumotlar vitrinalari;
- Milliy statistika qo‘mitasi API’lari, CSV/XLSX/JSON fayllari, ma’lumotlar bazalari va tashqi ma’muriy manbalardan ma’lumotlarni olish uchun ETL/ELT pipeline’larini yaratish va rivojlantirish;
- mikrodata darajasida ma’lumotlarni anonimlashtirish va himoyalash mexanizmlarini pipeline’larda joriy etish;
- ma’lumotlar sifatini nazorat qilish: sxemalarni validatsiya qilish, dublikatlarni aniqlash, turli manbalardagi ma’lumotlarni o‘zaro solishtirish va har bir ma’lumotlar to‘plami bo‘yicha metama’lumotlarni yuritish;
- ML jamoasi uchun dataset va feature-vitrinalarni, jumladan STAT-AI, prognozlash modellari va geoanalitika yo‘nalishlari uchun ma’lumotlarni tayyorlash;
- platforma uchun ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini shakllantirish;
- ma’lumotlar bilan amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha o‘zgartirib bo‘lmaydigan jurnal yuritilishini ta’minlash;
- pipeline’lar ishlashini monitoring qilish, ularning samaradorligi va unumdorligini optimallashtirish;
- axborot xavfsizligi talablariga muvofiq Markazning izolyatsiyalangan tarmoq segmentida ishlash;
- davlat vazifalari va tijorat mahsulotlari uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta ma’lumotlar oqimini boshqarish.
Malakaviy talablar:
- Data Engineering yo‘nalishida kamida 3 yillik amaliy ish tajribasi;
- SQL va Python bilan ishonchli ishlash;
- PostgreSQL bo‘yicha amaliy tajriba, jumladan so‘rovlarni optimallashtirish, indekslar va partitioning bilan ishlash;
- ETL/ELT jarayonlari va Data Modeling tamoyillarini, jumladan star/snowflake modellari hamda ma’lumotlar vitrinalarini yaxshi tushunish;
- DWH arxitekturasi bo‘yicha mustahkam bilim va amaliy tushuncha;
- REST API orqali integratsiyalarni amalga oshirish tajribasi;
- turli formatdagi, shu jumladan strukturalanmagan yoki sifati past fayl manbalari bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Git va Linux bilan ishlash ko‘nikmalari;
- Data Quality, Data Validation va Monitoring tamoyillarini tushunish;
- maxfiy ma’lumotlar, statistik sir va shaxsga doir ma’lumotlar bilan qat’iy reglamentlar asosida ishlashga tayyorlik;
- o‘zbek va rus tillarini erkin bilish.
Qo‘shimcha ustunliklar:
- Apache Airflow va dbt bilan ishlash tajribasi;
- ClickHouse yoki boshqa analitik ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
- PostGIS va geoma’lumotlar bilan ishlash tajribasi;
- Docker, Kubernetes, S3/MinIO, Redis, Apache Spark yoki Kafka texnologiyalarini bilish;
- ko‘plab ma’lumot manbalariga ega tashkilotda DWH’ni noldan yaratish tajribasi;
- ma’lumotlarni anonimlashtirish va qayta identifikatsiya qilish xavfini baholash usullari, jumladan k-anonymity bo‘yicha bilim yoki tajriba;
- rasmiy statistika tizimi, registrlar, IFUT (OKED), aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
- davlat sektoridagi IT yoki ma’lumotlar bilan bog‘liq loyihalarda ishlash tajribasi.
Afzalliklar:
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
- IT bozoriga mos raqobatbardosh ish haqi — yakuniy miqdor suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadi;
- Amalga oshirilgan loyihalar natijalariga ko‘ra qo‘shimcha mukofotlar;
- Milliy statistika tizimini raqamlashtirishga qaratilgan yirik davlat loyihalarida bevosita ishtirok etish;
- Zamonaviy Data Engineering, AI/ML va geoanalitika mahsulotlari ustida professional jamoa bilan ishlash;
- Katta hajmdagi real statistik va ma’muriy ma’lumotlar bilan ishlash orqali professional tajribani rivojlantirish;
- Ish jadvali: 5/2, soat 9:00–18:00;
- Ish joyi: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 63-uy — Milliy statistika qo‘mitasi binosi;
- Sinov muddati — 3 oy, dastlabki 14 kunlik onboarding dasturi bilan.